Izohli lug‘at
o‘zicha
ўзича
Ma’nolari
- Mavjud holatini saqlab, qanday boʻlsa shundayligicha, oʻzgarmasdan
- yoki oʻzgartirmasdan; aslicha.
- Oʻz aqli doirasida, oʻz tushunchasiga muvofiq.
- Birov bilan kelishmasdan, oʻz xohishi bilan; mustaqil ravishda.
- Oʻzidan-oʻzi; oʻz holicha. U
- Shunchaki oʻzi.
- Oʻziga xos, alohida.
Misollar
- Loyiha oʻzicha qoldi. Matnni oʻzicha qoldirmoq.
- Hovlida kezib yurgan mast Salim-boyvachcha oʻzicha fursatni va tasodifni ju-da qulay topdi. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Qumriniso bu qarashga oʻzicha maʼno berib, qizarganday boʻldi. A. Qahhor, Xotinlar.
- Har kim oʻzicha hikoyaning magʻzini chaqqanday ji-mib qoldi. P. Tursun, Oʻqituvchi.
- Bundan yigirma kunlar burun usta Olimning ustakor bilan nima uchundir urishganligi va shundan soʻng oʻz uyiga doʻkon qurib, oʻzicha ishlay bosh-laganligi anglashilar edi. A. Qodiriy, Oʻt-gan kunlar.
- Petka, dushman bostirib ke-layotganda, oʻt ochgani komanda bermagan komandirni xoin gumon qilib, oʻzicha oʻt och-gan. A. Qahhor, Oltin yulduz.
- shunda alla-nechuk shavqlanib, oʻzicha kulumsirar edi. N. Maqsudiy, Yuksalish. [Yigit]
- Qamchini koʻtardi-yu, yana sekin yoniga tushirdi. Chol buni sezdimi, yo oʻzichami: -Chopkingiz keldi-mi, oʻgʻlim? — deb soʻradi. M. Ismoiliy, Far-gʻona t. o.
- Ha, barakalla! Undan keyin, xotining oʻzicha kelganmikin? Yoʻq!.. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.
- Yaxshi qiz bilan "suhbat" qilishning ham oʻzicha bir gashti boʻladi. Oybek, Tanlangan asarlar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0