Izohli lug‘at
og‘irlashmoq
оғирлашмоқ
Ma’nolari
- Vazni, ogʻirligi osh-moq, ogʻirroq boʻlib qolmoq, ogʻir tortmoq; vazminlashmoq; koʻpayib bormoq.
- Tobora mashaqqatli boʻlmoq. Bo-tiralining xayoli uning yelkasiga ogʻir yuk boʻlib tushdi va bu yuk kundan-kun ogʻirla-shardi. "Yoshlik".
- Qiyinlashmoq, murakkablashmoq.
- Ogʻir tortmoq, mushkullashmoq.
- Moddiy jihatdan nochor holga tushib qolmoq; mashaqqatli, uqubatli boʻlib qol-moq. Ayam oʻlgandan keyin ahvolimiz yana ogʻir-lashdi. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Noqulay, qiyin boʻlib qolmoq.
- Xavfli tus olmoq, xavfli, xatarli boʻlib qolmoq, jiddiylashmoq.
- Kuchaymoq, zoʻraymoq, tuzalishi mahol boʻlib qolmoq.
- Oshmoq, kuchaymoq.
- Gangib qolmoq, oʻzini yomon his etmoq. Kishi dardini anglatolmasa ogʻir-lashadi. A. Qahhor, Sarob.
- Boshi (yoki kallasi) ogʻirlashmoq Boshi gangimoq, gʻovlab ketmoq; oʻzini boshqara olmay qolmoq.
Misollar
- Yogʻoch boʻkib, ancha ogʻirlashdi. Mashinaning yuki ogʻirlashib ketdi. m
- Qordan kichkina yumaloq yasab, dumalata-dumalata, oʻz boʻylaridan baland katta kurra yasaganlar. U juda ogʻirlashgan. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Ish ogʻirlashdi.
- Bemor-ning nafas olishi ogʻirlashdi.
- Zamon ogʻirlashib ketganmish, nima qilay, qon yutib oʻtiribman. — T. Malik — Iblis devori.
- Endi qizining oldiga kirib, uning betiga qarash unga [qutidorga] juda ham ogʻirlashgan edi, chunki bu fojianing bosh omili deb oʻzini tanigan edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Ahvol borgan sari ogʻirlashdi. Pogodin qoʻshinlari yarim halqa ichida qoldi. — I. Rahim — Chin muhabbat.
- -Boylarning chaqigʻi bilan Yoʻlchining uutu ogʻirlashdi,— dedi Shokir ota. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Bemor kundan-kunga ogʻirlash-yapti. n Fazshtt opaning ahvoli ogʻirla-shib borardi. Rangi sargʻayib, ozib choʻp boʻlib qoldi. M. Hazratqulov, Jurʼat.
- Jinoyati ogʻirlash-di. Jazo choralari ogʻirlashdi.
- Qotmadan kelgan Smirnov bu soʻzlarni eshitgach, ogʻirlashib ketganday boʻldi. — LLI. Rashidov, Boʻrondan kuchli.
- Chinni kosa besh-olti bor qoʻldan qoʻlga oʻtgandan keyin, har ikkovining ham boshi xiyla ogʻirlashib, kayf gʻalaba qila boshladi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Yelkasining oftobda kuygan joylari achishar, boshi ogʻirlashib, yostiqdan bosh uzolmasdi. — S. Ahmad — Ufq.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0