ball.uz
Lug‘atga qaytish

Izohli lug‘at

og‘irlik

оғирлик

Ma’nolari

  1. Vaznning ortiqligi; qiyin-lik, mushkullik. Ishning ogʻirligi. Masa-laning ogʻirligi. Ahvolning ogʻirligi. Kerakli toshning ogʻirligi yoʻq. Maqol. ■■ Karvon joʻnadi. Yukning ogʻirligidanmi, yoki gup-chaklari yogʻsiragandanmi, aravalar gʻirchillab, oʻz muzikasi oʻzi bshshn jadsi bormoqda. I. Rahim, Chin muhabbat.
  2. Kallang ogʻirlik qilyaptimi Joningdan umiding yoʻqmi, oʻlging kelyaptimi.
  3. Jismlarning yerga tortilish kuchi.
  4. Tashvish, malollik. Sizlarga ogʻirligim tushayotgani yoʻgʻu.. Uyda nima bor menga?A. Koʻchimov, Halqa. Har kuni ertstb ishga ketayotganingda, ]bolani bogʻchaga] eltib qoʻyasan, qaytganingda — olib ketasan. Shundoq qilsang, oʻzingdan boshqa hech kimga ogʻirligi tushmaydi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.
  5. [Birovga] ogʻirligini ortmoq I) birovga osilmoq, ustiga chiqib (minib yoki opichlab) olmoq; 2) boqindi, qaram boʻlib ol-moq, oʻz tashvishini birovning zimmasiga yuklamoq. Munavvar, Yoʻldoshga ogʻirligini ort-maslik uchun, oʻziga ish ham topdi: tugʻruq-xonaga doya boʻlib kirdi, S. Anorboyev, Mehr.
  6. Mushkul, qiyin, noqulay ahvol; qiyinchilik; azob-uqubat.
  7. Oʻzini tuta bilish, sipolik; bosiqlik, vazminlik. Kimning nomusi, kim-ning aqli, kimning sabri, ogʻirligi uni shar-mandalikdan qutqarib qoldi? Oybek, Tanlangan asarlar. Botirali ogʻirlak bshshn ona-siga qaradi. "Yoshlik".
  8. Oʻzini ogʻirlikka solmoq yoki ogʻirlik qilmoq Oʻzini bosmoq, oʻzini qoʻlga olmoq, sabr qilmoq.

Misollar

Manba: Vikilug‘at

Ko‘rilgan: 0

Imlo lug‘atida yozilishini ko‘rish