ball.uz
Lug‘atga qaytish

Izohli lug‘at

og‘moq

оғмоқ

Ma’nolari

  1. Biror tomonga yotib, qiya holat olmoq, qiyshaymoq, engashmoq, yonboshlamoq.
  2. Biror tomonga, pastga sirgʻanib, osilib tushmoq.
  3. Toʻgʻri, tik yoʻldan yoki belgili yoʻnalishdan chetga chiqmoq.
  4. Burilmoq, chetga chiqmoq; biror tomon siljimoq.
  5. Boʻlinmoq, chalgʻimoq (oʻy-xayol, diqqat-eʼtibor haqida).
  6. Toʻgʻri yoʻldan adashmoq, chetga chiqmoq, toymoq; Biror siyosiy oqimdan, maslakdan toymoq, qaytmoq.
  7. Biror tomonga yoʻnalmoq, qaramoq (koʻz haqida).
  8. Eng yuqori nuqtadan, zenitdan oʻtmoq (Quyosh, Oy va yulduzlar haqida).
  9. Maʼlum bir fursatdan, paytdan oʻtmoq, oshmoq.
  10. Biror tomonga oʻtmoq, unga moyil boʻlmoq yoki yon bosmoq.
  11. Kun ogʻdi; Kunduzning yarmidan koʻpi oʻtdi, kech kira boshladi.
  12. Tun ogʻdi; Kechaning yarmidan koʻpi oʻtdi, yarim kechadan oshdi.
  13. Boshi ogʻib; Falakning gardishi bilan; beixtiyor, oʻylamay-netmay, boshi aylanib.
  14. Boshi oqqan tomonga ketmoq; q. bosh.
  15. Koʻngli ogʻmoq 1) moyil boʻlmoq, muhabbat qoʻymoq.
  16. Esi (yoki hushi) ogʻmoq yoki esidan (yoki hushidan) ogʻmoq; 1) es-hushini yoʻqotib qoʻymoq, mahliyo boʻlib qolmoq.

Misollar

Manba: Vikilug‘at

Ko‘rilgan: 0

Imlo lug‘atida yozilishini ko‘rish