Izohli lug‘at
og‘rimoq
оғримоқ
Ma’nolari
- Kasal boʻlmoq, biror ka-sallikka yoʻliqmoq, dardga chalinmoq.
- Kasallanib, shikastlanib, jarohat-lanib yoki charchab ogʻriq bermoq, ogʻriqqa kirmoq.
- Kasallanib yoki qurt yeb toʻkilmoq (hoʻl mevalar haqida).
- Beli ogʻrimaganning non yeyishiga qara q. bel I 1. Dili (yoki koʻngli) ogʻrimoq Xafa boʻlmoq, ranjimoq, dili ozor chekmoq.
Misollar
- Ish-lamay yegan, ogʻrimay oʻlar. — Maqol. m
- Buyuk alloma Abu Ali ibn Sino miya, qontomir, oʻp-ka kasalliklari bilan ogʻrigan kishilarni davolashda yongʻoq magʻzidan samarali foyda-langan. — "Fan va turmush".
- Birdan Zebi xola ogʻrib qoldi-yu, oʻsha yotgancha oʻrnidan turma-di. — H. Nazir — Soʻnmas chaqmokdar.
- Oyogʻim ogʻriyapti. Pichoqni avval oʻzingga ur, ogʻrimasa, birovga ur! — Maqol. n
- Uning tani zirqirab ogʻrir, ayniqsa, beli shunday ogʻrirdiki, aslo chidab boʻlmasdi. — S. Ahmad — Ufq.
- Butun badanim zirqirab ogʻ-riydi, endi juda kuchaydi ogʻriq. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Ogʻrigan olma.
- Zum-rad eriga koʻz qirini soldi. Uning bugungi ozorini oʻylab, koʻngli ogʻridi va jahl bilan teskari oʻgirilib, toʻshakni boshiga tortdi. — S. Siyoyev — Otliqayol.
- Gulnorni olmoqchi ekan, olsin. Uka, biz toʻsiq boʻlmaylik, cholning dili ogʻrimasin. — Oybek — Tanlangan asarlar. Joni ogʻrimoq Azob chekmoq, qiynalmoq.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0