Izohli lug‘at
og‘rinmoq
оғринмоқ
Ma’nolari
- Norozilik yoki malol-lik bilan biror ishni bajarmoq.
- Oʻziga ogʻir olib ranjimoq, xafa boʻlmoq.
Misollar
- Mamat qassob, qarshisida qimtinib turgan rangi siniq juvonga tikilib, ogʻrinibgina yarim kilodan oshiq dumbani taroziga tashladi. — N. Norqobilov — Toʻqnashuv.
- Shopmoʻylovli kishi ogʻrinib oʻrnidan turdi. — "Yoshlik".
- Oshno, garchi ogʻringan esa-da, ularni unutmadi, oʻzi bormasa ham, kasalxonaga xo-tini Muyassarni yuborib turdi. — M. M. Doʻst, Lolazor.
- Men bu gapgauncha ogʻrinmadim, erkak kishi baʼzan shunaqa yuragi torlik qiladi, deb qoʻya qoldim. A. — Qahhor — Xotinlar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0