Izohli lug‘at
pashshaxo‘rda
пашшахўрда
Ma’nolari
- Biror joyga tez-tez kelib turadigan, xira boʻlib yopishib oladigan odam.
Misollar
- Pashshaxoʻrda boʻlmoq.
- [Usta:] Pashshaxoʻrdalarni quvib, polvonning jilovini tortib qoʻyasan. — O. Yoqubov — Larza.
- Karvonsaroylarda niyati buzuq, shubhali odamlar ham pashshaxoʻrda boʻlardi. — M. Osim — Oʻtror.
- Bu yaloqi, Gavharning atrofida bekorga pashshaxoʻrda boʻlayotgani yoʻq. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
Kelib chiqishi
fors. – pashsha yegan, talagan; pashsha chaqqandan keyin uzoq tuzalmaydigan yara, jarohat
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0