Izohli lug‘at
po‘lat
пўлат
Ma’nolari
- Temirning uglerod bilan qotishmasidan hosil bo‘lgan mustahkam metall.
- Shu metalldan tayyorlangan, yasalgan.
- Poʻlat iz poet. Temir yoʻl.
- folk. Qilich, shamshir.
- Metinday mustahkam, buzilmas, yengilmas.
- Kuchli, zabardast.
- Poʻlat (erkaklar va xotin-qizlar ismi).
Misollar
- Zang-lamaydigan poʻlat. yash Be-ye, menda poʻlat nima qiladi, taqsir. Eski taqalar, temir-tersaklar bilan zoʻrgʻa qimirlab turibmiz. — M. Ismoiliy — Fargʻonat. o.
- Poʻlat sim. Poʻlat qaychi. Poʻlat tish. Poʻlat pichoq qinsiz qolmas. — Maqol.
- Yangi mashina-lar kelar birin-ketin Doʻstlik qura olgan poʻlat izlardan. — Zulfiya. Poʻlat ot poet. ayn. traktor.
- Poʻlat otni oʻynatib, Traktorchi boʻlaman. — Q. Muhammadiy. Poʻlat sandiq q. sandiq. Poʻlat qush poet. ayn. samolyot.
- Koʻkda rango-rang poʻlat qushlar hamisha posbon. — Habibiy — Devon.
- Olmos poʻlat bogʻlab men ham belimdan, Dev izlab chiqqan-man oʻsgan elimdan. — "Malikai ayyor".
- Poʻlat bilan qirdi devni, keskir xanjarini urdi, yalangʻochlab qilich soldi. — "Malikai ayyor".
- Poʻlat qalʼa.
- Qish. Dehqon ah/shning poʻlat muskullariga hordiq beradigan, koʻngil yozadigan fasl. — "Oʻzbekiston qoʻrikdari".
- Bizning poʻlat qudratimiz — birligimizda. — M. Shayxzoda.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0