Izohli lug‘at
pog‘ona
поғона
Ma’nolari
- Zinaning, narvonning oyoq qoʻ-yib chiqiladigan va tushiladigan poyalari-dan har biri; pillapoya.
- -Oʻzbek tilining izoqli lugʻati
- Oʻsish, kjsalish, taraqqiyot kabi tadrijiy jarayonlarning har bir bosqichi.
- Amal, unvon, martaba kabi-larning har bir bosqichi.
- Birin-ketin sodir boʻladigan ish-harakatning har bir bosqichi.
- Umurtqa pogʻonasi anat. Odam skeleti-ning boʻyin, koʻkrak, bel umurtqalari, dum-gʻaza, dum suyaklarining - umurtqalarning ustma-ust birikishidan tashkil topgan qismi.
Misollar
- Narvonning pogʻona-si. n
- Shotining bir pogʻonasiga oyoq qoʻyishi bilan kallasiga, qoʻshnining xotini kishi-dan qochadigan boʻlsa, andishalik ish boʻlmas-mikin, degan oʻy keldi. — S. Ahmad — Saylanma. Iskandar zinadan ikki potna pastga tushib, avtobus eshigida turgancha, minnatdor bosh sshjidi. M. Mansurov, Yombi.
- Taraqqiyot pogʻonalari. Yuksa-lishning eng yuqori pogʻonasi. n
- Majlisda taʼkidlandiki, mamlakatimizda iqtiso-diyotning muhim tarmogʻi boʻlgan qishloq xoʻjaligida islohotlar samaradorligini yangi pogʻonaga koʻtarishga alohida eʼtibor berilayotir. — Gazetadan.
- Domla oʻzi yetgan pogʻonani ham, oldinda uni kutib turgan martabalarni ham sevardi. — "Yoshlik".
- Ha, u kamolot pogʻonalaridan tez, ishonch bilan koʻtarilib borardi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol. Ammo keyingi paytda bu ahvol-ni tubdan yaxshilash uchun bir talay ishlar qilindi. Eng avvalo, barcha potnadagi rahbar kadrlar yangilandi. Gazetadan.
- Qiz eskichasiga yashirin ravishda sotildi. Endi eng soʻnggi pogʻona — domla imomning nikoh oʻqishi qoldi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0