Izohli lug‘at
qatag‘on
қатағон
Ma’nolari
- Taqiq, man.
- Qatagʻon qilmoq (yoki etmoq) 1) bekor qilmoq, yoʻq qilmoq.
- tar. q. repressiya.
Misollar
- Juma kunlari kechgacha koʻchada yurishga ruxsat etilar, boshqa vaqtlarda koʻchaga chiqish "qatagʻon yasoq" edi. — M. Muhammadjonov — Turmush urinishlari.
- Qadimgi xalqlar orasida keng tarqalgan tabu — qatagʻon odati badiiy adabiyotda ham oʻz aksini topgan. — "Fan va turmush".
- Vaqtli hukumat ilgarigi oz-moz berilgan erkinlikni ham qatagʻon qildi. — K. Yashin — Hamza. 2) quvgʻun qilmoq.
- Anvarning vatandan qatagʻon etilishi! — Sh. Xolmirzayev — Qil koʻprik.
- 30-yillardagi qatagʻon qurbonlari xotirasini abadiylashtirish, ularni yod etish bilan bogʻliq maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0