ball.uz
Lug‘atga qaytish

Izohli lug‘at

qirg‘oq

қирғоқ

Ma’nolari

  1. Suv havzalari va oqar suvlar bilan kuruqlik tutashgan kambar yer; lab, boʻy, yoqa; sohil. Daryo qirgʻogʻi. Koʻl qirgʻogʻi. Dengiz qirgʻogʻi. n
  2. Yoyiq narsalarning, yoʻl yoki maydon-ning cheti; zih, qir. Roʻmolning qirgʻogʻi. Paxtazorning qirgʻogʻi. n Adolat.. konvert-ni oldi-da, kichkinagina qaychisi bilan qir-gʻogʻini qiydi. I. Rahim, Chin muhabbat. [Mu-rod] Musht bilan stol qirgʻogʻini urgan edi, stakanlar jiringlab sakrab ketdi. S. Axmad, Qadrdon dalalar.
  3. Chuqur narsalarning yuqori chegarasi, cheti, yoqasi. Jarning qirgʻogʻi. Chelakning qir-gʻogʻi. n Haytovur, jahannamning qirgʻogʻiga chiqib oldik. Oybek, Quyosh qoraymas.

Misollar

Manba: Vikilug‘at

Ko‘rilgan: 0

Imlo lug‘atida yozilishini ko‘rish