Izohli lug‘at
qo‘chqor
қўчқор
Ma’nolari
- Sovliqlarni urugʻlanti-rishda foydalaniladigan, bichilmagan erkak qoʻy.
- koʻchma s.t. Kishiga nisbat beriladi; zoʻr, botir, pahlavon.
- Ikki qoʻchqorning boshi bir qozonda qaynamas Ikkita bir xil manman, zoʻr va sh.k. odam bir joyda murosa qilib yasholmaydi, chiqisholmaydi, maʼnosidagi matal.
- Qoʻchqor (erkaklar ismi).
Misollar
- Zotli qoʻchqor. n
- ..oʻtgan yili esa mayin junli zotli qoʻchqorlar keltirilib, oʻzimizning jaydari qoʻylarga.. chatishtirish boshshngan edi. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Chambshting qoʻchqori oʻzim boʻlaman, Chambil eltib, seni loyga solaman. — "Malikai ayyor".
- Bu yurishingdan senga oʻlmoqlik darkor, Bu soʻzlarni aytib shundayin qoʻchqor. — "Murodxon".
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0