Izohli lug‘at
qo‘llamoq
қўлламоқ
Ma’nolari
- Yoqlamoq, quvvatlamoq, yordam, koʻmak, madad bermoq.
- Tatbiq etmoq, ishlatmoq.
Misollar
- Haq ishni xalq qoʻllar. — Maqol.
- Ayollar oʻtmishdan hammadan koʻp zulm koʻrgan, hammadan koʻp jaholatda qolgan. Ularni hurmat qilishimiz, qoʻllashimiz, suyashimiz kerak. — P.Tursun — Oʻqituvchi.
- Ishda yangi metodlarni qoʻllamoq. Sugʻorishning yangi sistemasini qoʻllamoq.
- [Salimboyvachcha] Attorlik rastasida.. zahar sotib olarkan, buni qachon va qanday qoʻllashni aslo oʻylagani yoʻq edi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Javod Koʻchiyev unumsiz yerlarda "Malik"dagi tajribalarini qoʻlladi. — Oʻzbekiston qoʻriklari.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0