ball.uz
Lug‘atga qaytish

Izohli lug‘at

qo‘ltiq

қўлтиқ

Ma’nolari

  1. Qoʻlning yelka bilan tu-tashgan yerida hosil boʻlgan burchak, qoʻl osti. Qoʻltigʻi terlaydigan odam. Bir qoʻl-tiqqa ikki tarvuz sigʻmas. Maqol. m Qiz sumkasini qoʻltigʻiga suqib, ichkaridan chiq-di. S. Ahmad, Moʻtti. U dalani aylanganda, qoʻltigʻidan eski sariq charm papkasini qoʻy-masdi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar. Keyin oʻgʻlining qoʻltigʻidan olib, bir chetga tort-di: -Bular bilan teng boʻlmang, oʻgʻlim. M. Ismoiliy, Fargʻona t. o. Men darrov qoʻl-tigʻidan koʻtarib, ustidagi chang-toʻzonlar-ni qoqqan boʻldim. Oydin, Bolalik uyda gʻiybat yoʻq.
  2. Kiyimning shu joyga toʻgʻri keladi-gan, shu joyni berkitib turadigan qismi. Koʻylakning qoʻltigʻi. Paltoning qoʻltigʻi. Toʻnning qoʻltigʻi soʻkilibdi.
  3. Qoʻltigʻiga kirmoq 1) qoʻllab-quvvatla-moq, yordam bermoq. Kasal boʻlib qolsam, nima boʻladi?.. Koʻltigʻimga kim kiradi? Akam boʻlmasa, ukam boʻlmasa. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari; 2) birovning ishonchini qozonib, uning pinjiga kirmoq. [ Olaxoʻja:] Endi, bu bilan hazil qilma, kattarogʻini "aka" de, qoʻltigʻiga kir, kichikrogʻini "uka" de, deb oʻrgatadigan boʻldi. P. Tursun, Oʻqi-tuvchi. Qoʻltigʻiga suv purkamoq Birovga qarshi oyoqlantirmoq, gijgijlamoq. Eshon-ning xotinini kimdir tezlayapti, kimlar-dir qoʻltigʻiga suv purkayapti. S. Ahmad, Hukm. Qoʻltigʻidan koʻtarmoq (yoki suyamoq) Qoʻllab-quvvatlamoq, yordam bermoq. Tagʻin men, Boboqulning oʻgʻli, qoʻltigʻidan suyaydi-gan azamat boʻlib qolibdi, deb quvonib yuribman-a! S. Anorboyev, Oqsoy. Tarvuzi qul-tigʻidan tushmoq q. tarvuz.

Manba: Vikilug‘at

Ko‘rilgan: 0

Imlo lug‘atida yozilishini ko‘rish