Izohli lug‘at
qo‘lyozma
қўлёзма
Ma’nolari
- Ilmiy, badiiy, tarixiy va sh.k. asarning qoʻlda yozilgan yoki yozuv mashinkasida yozilgan, kompyuterda koʻchi-rilgan matni, nusxasi.
- Qoʻlda yozilib, kitob shakliga kelti-rilgan asar; yozma yodgorlik (19-asr oʻrta-larigacha, yaʼni matbaachilik paydo boʻl-guncha).
- Noshirlikda: muallif tomonidan nashriyotga takdim etilgan matn.
Misollar
- Nihoyat, Yigitali iyunning boshlarida tugatgan qoʻlyozmasini rahbari oldiga olib borib, oʻqib berib, domlani xursand qildi. — D. Nuriy — Osmon ustuni.
- Mashhur xattotlar katta pu.iar evaziga koʻchirgan.. bu qoʻlyozma kitoblarning har biri necha dinor turishini.. Qosimbek ham bilar edi. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Sanobar mashinkasida Alixonning qoʻlyozmasini koʻchi-rib oʻtirgan edi, eshik taqillab qoldi'. — M. Xayrullayev — Tilla marjoy.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0