Izohli lug‘at
qo‘r
қўр
Ma’nolari
- I 1 Mayda choʻgʻ aralash issiq kul; mayda choʻgʻ.
- Qalb harorati, oʻt, oʻgʻit.
- QUR II 1 Yigʻib, toʻplab, gʻamlab qoʻyil-gan kerakli narsa; zaxira, boylik. Doʻr qil-moq. n
- Qut, baraka.
- Qoʻr toʻkmoq (yoki tashlamoq) 1) qoʻshin toʻplamoq; lashkar toʻkmoq.
Misollar
- Qoʻrga koʻmib pishirilgan joʻxori. n
- Hovli oʻrtasidagi bir buzoq bilan ikki qoʻy goʻshti solingan doshqozon tagida hamon oʻt yonar, oʻchoq oldiga tortilgan qoʻrda esa, xizmatkorlar isinib oʻtirishardi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Chovgumlardagi choy ichib boʻ-lingan, gulxanning qoʻri soʻna boshlagan. — H. Nuʼmon — Qahramonning tugʻilishi.
- Jamila xolaning tabiati shunaqa. Yuragidagi yoshlik qoʻri uni doim ishga, odamlar orasiga undaydi. E. Nosirov, Tashakkur sizga, xo-lajon!
- Dani, marhamat, barno yigit, uyi-mizning toʻri, qalbimizning qoʻri sizniki. Oʻtiring! — S. Karomatov — Hijron.
- Domlaning aytishicha, qoʻr bitgan, bisotda ortiqcha pul qolmagan. — A. Qahhor — Sarob.
- U bir podsho boʻlsa, unda qoʻru qoʻrxona, toʻpu toʻpxona, harna asbob, lashkar, olomon koʻp boʻlsa. — "Ravshan".
- Oxir pullarimiz ham so-vurilib, qoʻri oʻcha boshladi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Otam sen bilan urushaman deb, yana qoʻr toʻkib yotibdi, bo-tirligingni koʻrsat! — "Murodxon". Dushman-lar kelibdi Yaman qasdiga, Doʻr tashlab yotganmish togʻning ostiga. "Folklor"; 2) rvdsh. shaklida — qoʻr toʻkib Savlat toʻkib.
- Goʻri Amir qoʻr toʻkib magʻrur, Pahlavonday menga tikilar. — M. Ali.
- Boshliq kresloda hamon qoʻr toʻkib oʻtirardi. — N. Aminov — Suvarak.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0