Izohli lug‘at
qo‘sh
қўш
Ma’nolari
- I 1 Ikkita, bir juft; qoʻshaloq.
- Qoʻsh qoʻllab q. qoʻllab 2.
- Bir vaqtda, birgalikda sodir boʻl(a-di)gan, yuz ber(adi)gan (yana q. qoʻshaloq 2).
- Omochga qoʻshilgan bir juft (yoki bitta) hoʻkiz yoki ot.
- Qoʻsh payti (yoki vaqti, mahali) Haydash uchun yer yetilgan, dalaga qoʻsh chiqadigan payt. Qoʻsh haydamoq Qoʻsh bilan yer haydamoq.
Misollar
- Qoʻsh belbogʻ. Koʻsh yostiq. Koʻllarida qoʻsh uzuk. Qoʻsh gʻildirakli arava. Qoʻsh otli izvosh. Qoʻsh tabaqali darvoza. Qoʻsh karnay. m
- Yuqori-dagi bir-biriga mingashib turgan qoʻsh xar-sang tagidan viqir-viqir qaynab suv chiq-moqda. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Qoʻsh bayram. Qoʻsh toʻy.
- Dalaga qoʻsh chiqdi. m
- Zagʻchalar qagʻqagʻlashib, qoʻsh ketidan uchib-qoʻnishadi. — N. Fozilov — Oqim.
- Qoʻsh hoʻkizda yer haydab, bir otli seyalkada qoʻriqqa chi-git ekildi. — "Uzbekistan qoʻriqlari".
- Uzoqdan qoʻsh haydab yurgan yigitning ashu-lasi eshitiladir. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0