ball.uz
Lug‘atga qaytish

Izohli lug‘at

qo‘shoq

қўшоқ

Ma’nolari

  1. sft. Bir-biriga qoʻshilgan; qoʻshaloq.
  2. s.t. kam qoʻll. ot Umr yoʻldoshi, er yoki xotin (bir-biriga nisbatan). Boshqa gap-larni koʻnglingga keltirma, qizim! Margʻi-lonlik kelin bilan sening bizga hech bir farqlaring yoʻq, ikkovlaring ham bolamizning qoʻshogʻi — bolamizsiz! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
  3. ot, maxe. Bir arqon bilan bogʻlangan ikki yoki bir necha qoʻy; oʻzaro bogʻlangan qoʻylar toʻdasi.
  4. Qoʻshoq arqon Bir necha qoʻyni oʻzaro bogʻlash uchun moʻljallangan uzun arqon.
  5. Umuman, toʻda, toʻp; guruh. Oldingi tuyalardan bir nechasi qoʻshogʻidan ajralib keldi-da, kiyikni oʻziga qoʻshib oldi. Y. Sham-sharov, Qaxramonlik yoʻli.
  6. Qoʻshoq (erkaklar ismi; odatda olti barmoqli odamlarga qoʻyiladi).
  7. Qoʻshoq barmoqli odam Olti barmoqli odam. Qoʻshoqning orqasida (yoki ichida) boʻ-shoq Bir necha aybdor, gunohkor, jinoyatchi va sh.k. ichida begunoh jazolangan kishiga nisbatan aytiladigan ibora.

Misollar

Manba: Vikilug‘at

Ko‘rilgan: 0

Imlo lug‘atida yozilishini ko‘rish