Izohli lug‘at
qog‘oz
қоғоз
Ma’nolari
- Asosan yozish, rasm solish, kitob, jurnal, gazeta va sh.k. bosish qamda boshqa maqsadlarda ishlatiladigan, yogʻoch, eski-tuski va shu kabilardan tayyorlanadigan yupqa material.
- Maʼlum bir narsa, ish, voqea-hodisa va shu kabilarni qayd etuvchi matn bitilgan va qonuniy kuchga ega boʻlgan qogʻoz; rasmiy hujjat.
- Qogʻozdan ishlangan pul, qogʻoz pul.
- Suv qogʻoz q. suvqogʻoz. Xitoy qogʻoz q. xitoy 2.
- (oʻ-p. k. shaklida — qogʻozda) Faqat qogʻoz, rasmiy hujjatlardagina qayd eti-lib, amalda ijrosi yoʻq ish-faoliyatlarga nisbatan qoʻllanadi; shunday holat, ahvol-ni qayd etadi.
- Varaq, bet.
Misollar
- Gazeta qogʻozi. Yozuye qogʻozi. Oʻrov qogʻozi. m
- Respublikamizda qogʻoz ishlab chi-qarish uzoq tarixga ega. — "Fan va turmush".
- Hozir qogʻoz, bosmaxona.. xarajatlari uchun pul yetishmaydi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Baʼzida tap-tayyor misralarni qogʻozga tu-shirishga shunchalik shoshasanki, oxirida oʻz dastxatingni oʻzing oʻqiyolmasdan qiynalasan. A. — Obidjon — Akang qaragʻay Gulmat.
- ..bur-chakdagi kitoblar bilan toʻliq shkaf ustida oʻrogʻliq chertyoj qogʻozlari yotar edi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Najmiddin Buxoriy ham qogʻozlarni yozib, loyihani, mad-rasaning baʼzi boʻlak tasvirlarini koʻzdan kechirardi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Salimboyvachcha qogʻozni qoʻlda mah-kam siqib, gʻurur bilan davom etdi: -Bu narsa qoʻlimdami, har bir ishni qilaman, hech kim biron aybni boʻynimga qoʻya olmaydi. Bu xat jinoyatni savobga aylantiradi. Har yerda, har kim oldida meni oqlaydi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Biroq koʻrilgan choralar haqida "yuqori"ga qogʻoz kerak edi. — Gazetadan.
- Mana bu qogʻozga Madrasa mullabachcha-lari, domlalar, mudarris, boylar, yurt ulus-lari imzo chekkanlar. — K. Yashin — Hamza.
- Karmonidan besh soʻmlik qogʻoz olib, sandalga qoʻydi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- -Ha, ay-lanay, ohori sinmagan qogʻozlar hammaniyam hushini qochiradi. Qachon olib kelibdi? -Ho-zir bexabar 175 soʻm olib kelgan ekan. — Xamza — Paranji sirlari.
- Koʻp boʻlimlar hozirgacha va-zifalari nimadan iboratligini bilmay-di, tarqoq, koʻp hollarda qogʻozda faoli-yat koʻrsatadi. — Gazetadan.
- Maqola ikki qogʻozdan oishasin. n
- Soʻnggi vaqtlarda muxbirlar, yuborgan xabarlarining birinchi qogʻozi ustiga "gonorarli", deb yoza boshladilar. — A. Qahhor — Sarob.
Kelib chiqishi
[f. کاغذ - qogʻoz; xat; hujjat, guvohnoma)
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0