ball.uz
Lug‘atga qaytish

Izohli lug‘at

quloqcho‘zma

қулоқчўзма

Ma’nolari

  1. etn. Bola tugʻilgan-dan keyin bir hafta oʻtgach beriladigan ziyofat va bu ziyofat vaqtida koʻzi yorigan xotin tishlab turgan ikkita nonni olib qochish (nonni birinchi boʻlib uzib olgan bola qochadi, boshqalari uni quvlaydi, qoch-gan bola ushlansa, "quloqchoʻzma", deb uning qulogʻini choʻzadilar).
  2. etn. Bekinmachoqqa oʻxshash bolalar oʻyini (bu oʻyinda bir bola marra poylay-di, qolganlari unga tutqizmasdan marraga yetib kelishga harakat qiladi, poyloqchi qaysi bolani quvib yetib, ushlab olsa, mar-ragacha uning qulogʻidan choʻzib keladi).
  3. Urishib, bir-biri bilan soʻzlashmay yurgan bolalarni quloqlaridan choʻzib, bir-birining nomini ayttirib yarashtirish.
  4. Quloqchoʻzma qilmoq Qulogʻidan choʻzmoq, tanbeh bermoq, jazolamoq yoki yarashtirmoq.
  5. Yomon ish qilgan bolaning qulogʻini choʻzib tanbeh berish.

Misollar

Manba: Vikilug‘at

Ko‘rilgan: 0

Imlo lug‘atida yozilishini ko‘rish