Izohli lug‘at
qur’on
қуръон
Ma’nolari
- (Q — katta harf bilan) Musulmonlarning Alloh tomonidan Muhammad paygʻambarga vahiy orqali nozil qilingan, musulmon dinining aqidalari va qonun-qoidalari toʻplamidan iborat boʻlgan muqaddas kitobi.
- s.t. ayn. tilovat.
Misollar
- Yolgʻiz, yolgʻiz bitta kitob bor, — doʻq bilan deydi Abdullaboy, — u Allohning kitobi — Qurʼon. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Qurʼon oyatlari qabriston ichida ogʻir ohangda oqar edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Shahzoda.. kichkina naqshinkor tokchada ipak bolish ustidagi zar muqovali Quronni oldi. — K. Yashin — Hamza.
- Qurʼoni karimda Od qavmi toʻgʻrisida juda koʻp oyatlar nozil qilingan. — "Guliston" —
- Kecha oydin, qabriston tip-tinch, uzoqroqdan qurʼon tovushi eshitilar edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Fotihaga kelmabmidingiz? ..qani, ayvonga! — dedida, Akromxonni yoniga oʻtqazib, qurʼon boshladi. — I. Rahim — Tinimsiz shahar.Xatmi Qurʼon q. xatm. Qurʼon koʻtarmoq - Qurʼonni guvoh qilib qasam ichmoq.
- Hatto u uchta talabani hujrasiga olib kirib, chet elga ketishga qasam ichirdi — qurʼon koʻtartirdi. — A. Qahhor — Sarob Qurʼon tushirish ayn. xatm(i) Qurʼon q. xatm.
Kelib chiqishi
[ arab. – oʻqish, qiroat qilish]. Oʻxshash soʻz: ܩܪܝܢܐ
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0