Izohli lug‘at
ro‘para
рўпара
Ma’nolari
- Bir narsaga yoki kuzatuvchiga, soʻzlovchiga qarama-qarshi tomon; qarshi.
- Roʻpara boʻlmoq (yoki kelmoq) 1) yuzma-yuz uchrashmoq, uchrashib qolmoq.
- Roʻpara qilmoq 1) yuzma-yuz qilmoq, uchrashtirmoq.
Misollar
- Roʻparadagi uy.
- Deraza roʻparasidagi tuynukdan Ruzvonning boshi koʻrindi. — S. Zunnunova — Yangi direktor.
- Teatr-rassomchilik institutining shundoqqina roʻparasida, koʻchaning berigi betida, uch tup yosh chinor bor. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Biroq uning tili qisiq; onasiga soʻz qaytarish emas, roʻpara boʻlishga ham yuragi bezillar edi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari; 2) duch kelmoq, yoʻliqmoq.
- Shu-shu Adolat Begimxon bilan gaplashmay qoʻydi. Mana endi ular yana roʻpara keldilar. — I. Rahim — Chin muhabbat.
- Titrab, ot choptirib kelayotgan Badia.. dushman otliqlaridan biriga roʻpara boʻlib, jon-jahdi bilan qilich soldi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Poyezd toʻxtaganda, yugurgilab bitta provodnikka roʻpara boʻldim. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Sen menga Suluvni roʻpara qilaverchi [dedi Allon Palmonga]. — A. Muxtor — Qoraqalpoq qissasi.
- "..endi boʻlsa ikki bolali odamni roʻpara qilib oʻtiribdi", — deb oʻyladi Aziza hamon shiftdan koʻz uzmay yotarkan. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol; 2) duch keltirmoq, yoʻliqtirmoq.
- Seni ilk dafʼa Feruzga roʻpara qilganimda, imonimdan chekindimmi? Ha, bir baxya chekindim. — S. Siyoyev — Avaz.
- Japaqdan qutuldik, Elgeldi endi unga qizini emas, ajalini roʻpara qiladi. — A. Muxtor — Qoraqalpoq qissasi; 3) toʻgʻri qilmoq; koʻrsatmoq.
- Eshonning “jilov” toʻgʻrisidagi fikri Elmurodning gʻazabini keltirdi. Endi u dangal faktlarni roʻpara qilishga qaror berdi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
Kelib chiqishi
fors. – yuzma-yuz!
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0