Izohli lug‘at
san’at
санъат
Ma’nolari
- Ijtimoiy madaniyatning estetik zavq beruvchi, musiqa, musavvirlik, haykaltaroshlik kabi voqelikni badiiy obrazlar vositasida aks ettiruvchi har bir ayrim sohasi.
- Turli amaliy-tatbiqiy sohalarning oʻziga xos ish uslubi, sistemasi.
- Muayyan faoliyat sohasidagi yuksak mahorat, ustalik; isteʼdod.
- Adabiyotshunoslikda: badiiy asar poetikasini taʼminlovchi vosita. Talmeh sanʼ-amu. h Rujuʼ —
- Sanʼat (xotin-qizlar va erkaklar ismi).
Misollar
- Tasviriy sanʼat. Meʼmorlik sanʼati. Sanʼat va adabiyot. yat Dunyodagi har qaysi soha oʻz sanʼatiga va oʻz madaniyatiga ega. — "Yoshlik".
- Kinematografchilar oʻz ijodiy rejalari, kino sanʼatini rivojlantirish toʻgʻrisidagi oʻylari bilan oʻrtoqlashdilar. — Gazetadan.
- Zargarlik sanʼati eng koʻhna sanʼatlardan biri boʻlib, u dekorativ-amaliy sanʼat xili sifatida keng tarqalgan. — Gazetadan.
- Harbiy sanʼat. m
- Uch-toʻrt kilometrga choʻzilgan tepalik harbiy-injenerlik sanʼati bilan uzoq yillar davomida qurilgan mustahkam qalʼaga oʻxshardi. — I. Rahim — Chin muhabbat.
- Soʻz sanʼati. Notiqlik sanʼati. Yosh xonandalar, raqosalar oʻz sanʼatlarini namoyish etdilar. — Gazetadan.
- Fursatdan foydalanmoq oʻzi bir sanʼat, hunar. — Q. Muham-madiy.
- Kuldirishga sanʼat kerak, kulishga sof yurak. — Gazetadan.
- maʼnaviy sanʼatlardan biri boʻlib, arabcha "qaytish" demakdir. — "OʻTA".
Kelib chiqishi
— ish, mehnat; mahorat; kasb-hunar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0