Izohli lug‘at
sho‘ralamoq
шўраламоқ
Ma’nolari
- Poʻst tashlamoq, qu-ruqshamoq (badanda, yuz-koʻzda hosil boʻla-digan yengil teri kasalligi haqida.)
- ayn. shoʻrlamoq 1.
- Shoʻra oʻsimligi bilan qoplanmoq, shoʻrazorga aylanmoq (yer haqida).
Misollar
- Kich-kintoyingizning yuzi shoʻralab yoki quruqla-shib ketmasin desangiz, uning yuzini sovun bilan koʻp yuvmang. — Gazetadan.
- Bolaning aʼzoyi badani shoʻralab ketibdi. m
- Pastdagi ikki xonaning gʻishtlari zaxkashlikdan shoʻralab, oqarib ketgan. — Mirmuhsin — Umid.
- [Roʻzi-mat otaning\ Bor bisotidagi bitta chopo-nining ham bari yirtiq, doʻppisining jiya-gi shoʻralab ketgan edi. — H. Tursunqulov — Hayotim qissasi.
- Qarovsiz qolgan dala shoʻralab ketadi.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0