Izohli lug‘at
sho‘ro
шўро
Ma’nolari
- . Sovet hokimiyati (sovetlar)ning 20-asr 20-40-yillarigacha oʻzbek va boshqa turkiy tillarda ishlatilgan nomi (1990 yillar oxirida oʻzbek tilida yana qoʻllana boshlandi).
- . Oʻsha davrlarda saylab yoki tayinlab qoʻyiladigan boshqaruv-rahbarlik, davlat yoki jamoat organi va u joylashgan joy.
Misollar
- Kerenskiy hukumati agʻdarilib, shoʻrolar hukumati tuzildi. — N. Safarov — Olovli izlar.
- Shoʻrolar hokimiyati boyning mol-mulklarini musodara qildi. — H. Gʻulom — Zamin yulduzlari.
- Davlat plan komissiyasi tashkil qilinib, unga nozirlar shoʻrosi raisi muovini Tursunxoʻjayevni boshliq qilib tayinlashdi. — J. Sharipov — Xorazm.
- Qishloq shoʻrosi Uchquloq qishlogʻiga joylashgan. — A. Qodiriy — Obid ketmon.
Kelib chiqishi
arab. – maslahat; kengash
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0