Izohli lug‘at
sho‘rva
шўрва
Ma’nolari
- [f. I — guruch, goʻsht-
- li suyuq ovqat; mastava] Goʻsht, piyoz, kartoshka va b. sabzavotlar solib pishiri-ladigan suyuq ovqat.
- Arzonning shoʻrvasi tatimas q. tatimoq 2. Pul boʻlsa, changalda shoʻrva Pul, boylik yetarli boʻlsa, har qanday narsaga erishish mumkin, degan maʼnoni ifodalovchi maqol. Shoʻriga shoʻrva toʻkilmoq q. shoʻr 2.
Misollar
- Qaynatma shoʻrva. Qo-vurma shoʻrva. Tovuq shoʻrva. Shoʻrva nuuiup-moq. Shoʻrva ichmoq. Eti — etga, shoʻrvasi — betga. — Maqol. ■■
- Dasturxon ustidagi ko-salardan issiq va yogʻliq shoʻrvalarning ho-vuri chiqib turardi. — Sh. Rashidov — Boʻron-dan kuchli.
- -Hozir sizlarga quling oʻrgilsin qaynatma tovuq shoʻrva qilib beraman, — dedi Ahmad. F. Musajonov, Mehmonda. Biz-nikilar: "Karam iloʻrva ichmaymiz, toʻngʻiz goʻshti soladi", deyishgan edi, goʻsht-yogʻni ham oʻz qoʻlimizga beradigan boʻlishdi. I. Rahim, Chin muhabbat.
Kelib chiqishi
Forsiy.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0