Izohli lug‘at
sig‘inmoq
сиғинмоқ
Ma’nolari
- Xudoga, aziz-avliyolarga, ilohiy kuchga ega deb hisoblangan narsalarga sajda qilish; dinning asosiy elementi.
- Biror kimsaga, narsaga ortiq berilmoq, uni haddan tashqari ulugʻlamoq.
- Najot istab bormoq, bosh urmoq.
Misollar
- Hozir pir oʻzlarini emas, sizlarni oʻylaydilar, tong saharlarda joynamozga tiz choʻkib: "Haq yoʻldan adashgan gumroh bandalaringga gʻazab qilma", deb xudoga sigʻinadilar. — Said Ahmad — Hukm
- Nazirqulning otasi Shohimardonga sigʻinib, qoʻchqor olib borib soʻydi. — Said Ahmad — Hukm
- Inson oʻzini taniguncha koʻp narsalarga sigʻingan. — Gazetadan
- Pulga sigʻinmoq.
- Qush butoqqa sigʻinar. — Maqol
- Jaholatda qolgan xalq aʼlam har borganida, "sadagʻang ketay, eshonim", deb uning oyogʻiga tiz choʻkib sigʻinar, nazr-niyoz berar edi. — Parda Tursun — Oʻqituvchi
- Muzga suyanma, yovga sigʻinma. — Maqol.
- shya Aymoqxalqi bizni doʻstdek kutar deb, Yurtingizga biz sigʻinib kelganmiz. — "Yodgor"
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0