Izohli lug‘at
so‘m
сўм
Ma’nolari
- Sobiq Ittifoqda: sovet rublining oʻzbekcha nomi; rubl.
- Oʻzbekiston Respublikasining asosiy pul birligi (1994 yil 1 iyuldan).
Misollar
- Bir soʻm. Uch soʻm. v
- Provodnik bir dasta kulrang choy-shab, bogʻichi uzilgan yostiq jildlar olib keldi, juvon bilan Nusratbek bir soʻmdan toʻlab olishdi. — S. Nurov — Maysalarni ayoz urmaydi.
- Men gʻisht kukuni qoʻshilgan guruchni devzira deb, kilosini toʻrt soʻmdan sotaman. — S. Ahmad — Yulduz.
- Ikki yuz soʻm. Ming soʻm. v
- Soʻmning muomalaga kiri-tilishi Oʻzbekiston pul muomalasi va hisob-kitoblar tizimini tashkil etish hamda respublika iqtisodiyotini rivojlantirish-da muhim ahamiyatga ega boʻldi. — "OʻzME".
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0