Izohli lug‘at
so‘rg‘ich
сўрғич
Ma’nolari
- Emizikli bolalar emchak oʻr-nida soʻradigan rezina buyum; emizik. Tursun Toʻrayevichning hali-veri gapdan tiyili-shiga koʻzi yetmagan xotin qoʻlidagi bolasini yon tarafdagi stulga oʻtqazdi-yu, ogʻziga soʻr-gʻichini berib, jah/i bilan oʻrnidan turdi. N. Aminov, Qahqaha. Iskandar yelinning soʻr-gʻichdek uchlaridan "tiz-tiz" choʻzilib tusha-yotgan sutga hayrat bilan tikilib qoldi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi.
- anat. Teri va shilliqparda sirtidagi sezgir doʻmboqchalar.
- bot. Chirmashib oʻsadigan parazit oʻsim-likning tuksimon oʻsimtalari.
- s. t. Surgʻuch.
Misollar
- Tilni tekshirgan chogʻ-da.. til soʻrgʻichlariga ham diqqat bilan qa-rash lozim. — N. Ismoilov — Kasallarni par-varish qilish. [Soʻruvchilarning] Ogʻiz soʻrgʻi-chi gavdasining uchida, uning tubida ogʻiz te-shigi joylashgan. "OʻzME".
- Xizmatkorlar koʻzalarning ogʻziga soʻrgʻich surib, qatronga yumalatib yubo-rishdi. — M. M. Doʻst, Galatepaga qaytish.
- Bu — vokzalning pochta ombori boʻlsa ehtimol, eski yashiklardan soʻrgʻich, yelim, sirach, mumlan-gan kanop hidi kelib turibdi. — "Yoshlik".
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0