ball.uz
Lug‘atga qaytish

Izohli lug‘at

so‘z

сўз

Ma’nolari

  1. Oʻz tovush qobigʻiga ega boʻlgan, narsa-hodisalar, jarayonlar, shaxslar, belgi va miqdorlarni, xususiyatlarni, harakat va holatni, aloqa va munosabatlarni nomlash uchun xizmat qiladigan, mustaqil lugʻaviy maʼnoga ega boʻlgan, shuningdek, turli grammatik maʼno va vazifalarda qoʻllanadigan eng muhim til birligi; gapning qurilish materiali.
  2. Biror maʼno turiga, uslubga oid shunday birlik (tilda, nutqda ifoda vositasi sifatida).
  3. Soʻzlashuvda, gapda, nutqda shunday vositalardan foydalanish qobiliyati, sanʼati.
  4. Maqol; matal; ibora.
  5. Gap, gap-soʻz, nutq.
  6. Mish-mish gap, ovoza; igʻvo.
  7. Oʻgit, pand-nasihat, taʼlim-tarbiya, iltimos yoki buyruq mazmunidagi gap.
  8. Vaʼda, lafz; azm-qaror.
  9. Oradan soʻz oʻtmoq (yoki chiqmoq) - kelishmovchilik roʻy bermoq, nizo chiqmoq.
  10. Soʻz oʻyini - bir soʻzning turli maʼnolaridan yoki turli maʼnodagi shakldosh soʻzlardan foydalanib tuzilgan, turlicha tushunilishi mumkin boʻlgan ibora.

Misollar

Manba: Vikilug‘at

Ko‘rilgan: 0

Imlo lug‘atida yozilishini ko‘rish