Izohli lug‘at
sovg‘a
совға
Ma’nolari
- Kimsaning koʻnglini olish yoki xizmatlarini taqdirlash uchun tortiq qilib berilgan narsa; hadya, tuhfa.
- Koʻpchilik uchun tayyorlangan va tantanali ravishda egalariga topshiriladigan narsa.
Misollar
- Qimmatli sovgʻa. Sovgʻa bermoq. Dushmanning sovgʻasidan qoʻrq. — Maqol.
- Shahar sanitariya boʻlimining boshligʻi ham mashinasidan tushib, u bilan juda quyuq koʻrishib, koʻkrak choʻntagida turgan avtoruchkasini sovgʻa qildi. — S.Ahmad — Yulduz.
- Toʻyga kelolmagan ogʻaynilaridan uch-toʻrttasi, Badalbekni tabriklash uchun, sovgʻaga magnitofon koʻtarib kelib qolishdi. — S.Ahmad — Saylanma.
- Sayyohlar, poytaxtimiz mehmonlari bayram arafasida ana shunday ajoyib sovgʻa [yangi mehmonxona] oladilar. — Gazetadan.
- Tarixiy sanalar va bayramlarni mehnat sovgʻalari bilan kutib olish — shonli va azaliy anʼanalardan biri. — Gazetadan.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0