Izohli lug‘at
ta’b
таъб
Ma’nolari
- Kishining xarak-terida, uning kishilarga, narsalarga mu-nosabatida namoyon boʻladigan ichki tabiat; yoqtirish-yoqtirmaslik jihatdan koʻngli.
- Taʼbi olinmoq Kayfiyati buzilmoq, xafa boʻlmoq.
- Xohish, ixtiyor; ragʻbat.
Misollar
- Podshohning muborak taʼblari hashamatga moyil koʻrinadi. — Oybek — Navoiy.
- Lutfdan maroqlanish, lazzat olishda individning xarakteri, taʼbi, fahm-farosati katta ahamiyatga ega. — "OʻTA".
- Bu jahonda, deydilar, Har kimda bor bir oʻzga taʼb, Menga may, bulbulga tong, Gul bargida shabnam shirin. — E. Vohidov — Muhabbat.
- Haydar nimadandir Anorxonning taʼbi olinganini sezdi. — I. Rahim — Ixlos. Taʼbi ochilmoq Kayfiyati yaxshilanmoq, lili ravshanlashmoq, yengil tortmoq.
- Sidiq-jon Oʻrmonjonning oldidan taʼbi ochilib chiqib ketdi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari. Taʼbi tortmoq yoki taʼbiga yoqmoq Tabiatiga, didiga toʻgʻri kelmoq.
- [Yormat] Baʼzi bir taʼbi tortgan odamlarga: "Toʻyga birga boʻling!" deb qoʻyadi oʻzicha. — Oybek — Tanlangan asarlar. Taʼbi xira (yoki tirriq, kir, xufton, namozshom) Kayfiyati buzuq, buzil-gan; diqqat.
- Boʻta uzok, uxlab qolganidan taʼbi xira boʻlib, hovliga tushdi. — S. Ahmad — Hukm.
- Avazning taʼbi tirriq edi, indamadi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Ertalabdan direktorning taʼbini xufton qilishning nima keragi bor. — "Mushtum".
- ..Sherbekning qulogʻiga gap kirmas, taʼbi namozshom edi. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Birovlarning taʼbiga qarab ish qilmoq. n
- Nurining hech qanday soʻzga, ishga taʼbi yoʻq edi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Alay-balay desam, tutib olib urish ham taʼbida bor. — H. Shame — Xarakteristika. -Mana bu kreslo ham sizga havola. Oling, menga bir oddiyroq stul bersangiz boʻladi, — dedi Mohidil. -Taʼ-bingiz, — dedi sekretar qiz. J. Abdulla-xonov, Toʻfon.
Kelib chiqishi
a. j-Jo — tabiat; tabiiy holat; xulq-atvor, xarakter
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0