Izohli lug‘at
ta’qib
таъқиб
Ma’nolari
- . Zimdan, bildirmasdan koʻz-quloq boʻlib kuzatish.
- . Erkin harakat-faoliyat koʻrsatishga qoʻymaslik, shu maqsaddagi nazorat, kuzatish.
- . Izdan tushmoq, ketidan quvmoq, orqama-orqa bormoq, yurmoq.
- Taʼqib qilmoq (yoki etmoq) 1) koʻzdan oʻtkazmoq, kuzatmoq.
Misollar
- Yurish-turishini taʼqib. Taʼqibdan qutulmoq.
- Podsho Ibrohim Sultonga ahli ulamoyu fuzalo ustidan taʼqibni haddan ziyod qilmaslik, mumkin qadar ularga tegmaslik ke-rakligini aytdi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Uning harakati bir narsadan shubhalanib emas, ammo orqadan dushman taʼqibi boʻlmadimi uchun edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Onasi uning butun harakatlarini taʼqib qilib turardi. — Shuhrat — Shinelli yillar.
- Otabek xomush oʻtirar, Hasanali esa uning holini taʼqib etmoqda edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar. 2) koʻz-quloq boʻlib kuzatmoq, nazoratda tutmoq.
- Gulsumbibi.. qizning feʼli-atvorini, yurish-turishini ochiq va bekitgich ravishda uzoq taʼqib etdi. — Oybek — Tanlangan asarlar. 3) izidan tushmoq, ketidan harakat qilmoq, quvmoq.
- Uloqni olgan Sodiqjon boyvachcha hammadan oldinda, Sulaymon oqsoqol boshliq qolgan koʻpkarichilar uni quyunday taʼqib qilib kelishardi. — K. Yashin — Hamza.
- Joʻraqul doʻstlari bilan dushmanni taʼqib qilib, oldinga siljirdi. — Nazarmat — Joʻrlar baland sayraydi.
Kelib chiqishi
arab. – orqasidan quvish; iziga tutish; quvgʻun qilish; jazolash
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0