Izohli lug‘at
to‘fon
тўфон
Ma’nolari
- Shiddatli boʻron, dovul.
- Algʻov-dalgʻovli, larzaga soluvchi, shidsatli xatti-harakat, qoʻzgʻalish.
- Ruhiy, hissiy qoʻzgʻalish, tugʻyon.
- Odamlarning gunohi uchun butun dunyoni bosgan suv toshqini.
Misollar
- [Normat] Ikki kechagacha uyqu ololmadi, koʻzini yumsa, terakning shovullashi toʻfon bosib kelayotganday kuchayaverdi. — Asqad Muxtor — Opa-singillar
- ..shuncha boʻron, sel va toʻfosharga bardosh bergan togʻ kichkina bir maxluq [sichqon] oldida bagʻri teshilib, chilparchin boʻladi. — Umidjon Ismoilov — Saylanma
- Toʻfonlarni sevuvchi Nuhim, Sukunatga quloq solsang-chi. — Abdulla Sher —
- Unutmanglar, amir lashkarlari ortida gʻazottalab mullavachchalar turadi. Bu katta toʻfonga puxta hozirlik koʻrilmoqda. — Sa’dulla Karomatov — Bir tomchi qon
- Kim maqsadga yetaman desa, balolar toʻfoniga bardosh beradi, sabot bilan kurashadi. — Nazir Safarov — Sharq tongi
- Inson qalbida ne-ne boʻronlar, toʻfonlar, shodliklar poʻrtana qiladi. — "Saodat". U
- qarama-qarshi oʻylar toʻfonida gʻarq edi. — Shuhrat — Shinelli yillar
Kelib chiqishi
Arabchadan - طوفان - kuchli suv toshqini; zoʻr gʻavgʻo, toʻpolon.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0