Izohli lug‘at
to‘kilmoq
тўкилмоқ
Ma’nolari
- Toʻkmoq fl. oʻzl. va majh. n.
- Boʻshab, uvalanib duv tushmoq.
- Bir tuki toʻkilsa.. Salgina zarar-ziyon yetkazilsa, jabr qilinsa.
Misollar
- Dasturxonga choy toʻkildi. Krplardan burdoy toʻkilyapti. Qatiq toʻkilgan yerda yuqi qolar. — Maqol.
- Toʻkilsa manglay tering — unumli boʻlur yering. — Maqol. m
- Koʻshoq, ot tagiga toʻkilgan bedalarni bir quchoq qi-lib supurib olib keldi. — H. Shame — Dushman.
- Saldov deb nechaning qaddi bukildi, Yer tishlab, koʻksiga yoshi toʻkildi. — Gʻayratiy.
- Bu majlisdan keyin men bir necha vaqt Otabek va yoʻldoshlarining qonlari toʻkilmasin, deb bu gapni ichimga solib yurdim. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Shagʻal toʻkilgan yoʻl boʻyida boshiga guldor soyabon tutib.. Gavhar turardi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Endi zax ariqlar paydo boʻlib, hamma yoqni qamish bosib ketibdi: paxsa devorlarning osti shoʻra-lab toʻkilyapti. — S. Nurov — Narvoy.
- Xavotir olmang, ul janobning bir tuki toʻkilsa, men ja-vobgar. M. Osim, Ibn Sino qissasi. Ohori toʻkilmagan q. ohor 2. Tutday toʻkilmoq q. tut. Toʻkilib (yoki toʻkilay deb) turmoq Puturdan ketmoq; qulay, oʻlay deb turmoq (arang turgan, sharti ketib, parti qolgan narsalar, odamlar haqida).
- Otash dukchining otasidan qolgan boʻgʻot tomli pastak uyning bir chekkasi choʻkkan, qiyshayib toʻkilib turar edi. — Oybek — Ulugʻ yoʻl.
- Feruz toʻkilay deb turgan pastak uyga imo qilib kuladi: -Kun-jagingxaroba-ku, Mamajon. — S. Siyoyev — Yorugʻ-lik. Shoʻriga shoʻrva toʻkilmoq q. shoʻr II. Yuragi toʻkilib (yoki toʻkilay deb) turibdi Dili ogʻrib, ezilib turibdi, yuragi toʻlib, toʻli-qib, oʻzini arang tutib turibdi.
- Gʻulom-jonning toʻkilib turgan yuragiga qiz il-tifoti madad berdi. — M. Ismoiliy — Fargʻo-na t. o. Qirovi toʻkilmagan q. qirov II.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0