Izohli lug‘at
to‘lqin
тўлқин
Ma’nolari
- Qattiq chayqalib turgan suv betidagi poʻrtana; dolgʻa.
- Shakli, harakati va b. belgisi bilan shu hodisani bildiruvchi narsalarga nisbatan qoʻllanadi.
- His-tuygʻu, ichki kechinma va shu kabilarning joʻshqin harakati, toʻlgʻanishi, gʻa-layoni; tugʻyon.
- Fizik muhitdagi tebranma hara-kat.
- Toʻlqin (erkaklar ismi).
Misollar
- Daryo toʻlqini.
- Qayiq toʻlqinda qalqib bormoqda.
- Dengiz toʻlqinga keldi.
- Dengiz, muncha hovliqa-san, Qayiqlarni irgʻitasan, Togʻday-togʻday toʻlqinlarni Sohillarga sen otasan. — Gʻayratiy
- Birdan suv chayqalib, toʻlqin turdi. Toʻlqin koʻtarila-koʻtarila, biz tomonga yetib keldi. — Hakim Nazir — Yonar daryo
- Koʻprik tagidan shitob bilan oʻtayotgan Anhor toʻlqinlari goʻyo pastdan qaynab chiqar va yumalab-yumalab oqardi. — Pirimqul Qodirov — Uch ildiz
- Shamol toʻlqini. Qum toʻlqini. m
- Havo toʻlqini zarbidan daraxtlar egilar, shoxlari sinib tushardi. — A. Qahhor — Oltin yulduz.
- "Xonga arzga boram iz", "Jabr-zulmdan dod" degan xalq toʻlqini Xivaga tomon oqib kelavergan. — J. Sharipov — Xorazm.
- Uning ruhi ashulaning goh joʻshqin, goh ipakdek, nurdek mayin toʻlqinida oqib borardi. — Shuxrat — Shinelli yillar.
- Toʻlqin-toʻlqin uchib kelar kuy, Yuragimni quchib kelar kuy. — G. Joʻrayeva.
- Gʻazab toʻlqinlari. n
- Yangiyer qandaydir katta bir quvonch toʻlqinida su-zar edi. — Sh. Gʻulomov — Yorqin ufqlar.
- Mam-lakatda.. xon-beklar zulmi avjiga mindi. Bularni oʻz koʻzi bilan koʻrgan Avaz naf-ratlanib, yurak toʻlqinini qogʻozga bitdi. — J. Sharipov — Xorazm. Elmurod, ichidan toʻl-qin urgan gʻazabini yashira olmay.. soʻradi. P. Tursun, Oʻqituvchi.
- Tovush toʻlqinlari. Elektromagnit toʻlqinlar. Qisqa toʻlqinlar.
Kelib chiqishi
Mo‘g‘ulchadan olingan.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0