Izohli lug‘at
to‘lqinlanmoq
тўлқинланмоқ
Ma’nolari
- Toʻlqinli hara-
- katga kelmoq.
- Toʻlqinga oʻxshash harakatlanmoq, toʻlqinni eslatuvchi harakat qilmoq.
- Qaynab toshmoq, joʻsh urmoq, gʻalayon qilmoq, toʻlgʻanmoq, tugʻyon urmoq (his-tuygʻu, ichki kechinma va shu kabilar haqida). Kutilmaganda qalbimda gʻurur hissi toʻl-qinlanib ketdi. A. Muxtor, Davr mening taqdirimda.
Misollar
- Suv toʻlqinlandi. yat Pastda juda katta loyqa koʻl toʻlqinlanib yotar.. edi. — A. Muxtor — Qoraqalpoq qissasi.
- Sha-molda qum dalasi dengizday jimir-jimir qiladi, toʻlqinlanadi. — H. Nazir — Yonar daryo.
- Toʻlqinlanar orqada Sochlar mayin bir ipak. — Gʻayratiy.
- Mil-tiqlar oʻqtalganda, xalq ham bir qoʻzgalib, toʻlqinlanib oldi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Shu vaqtgacha tinch yotgan xalq dengizi toʻlqinlanib, bosqinchilarni yutib, yoʻq qi-lib yuborish darajasiga keldi. — M. Osim — Ajdodlarimiz qissasi.
- Majlis oʻtayotgan-da, zal goʻyo toʻlqinlanayotganday ed — i. "Mushtum".
- Elmurod ichida toʻlqinlangan hayajonni bosibgapirdi. — P. Tursun — Oʻqituv-chi. Zokir bulbul qaynab-toshib, toʻlqinla-nib kuylayverdi. Sh. Boʻtayev, Qoʻrgʻonlangan oy.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0