Izohli lug‘at
to‘n
тўн
Ma’nolari
- Poʻst, qobiq.
- Libos.
- Baqa toʻn(i) Koʻlmak suvda hosil boʻla-digan yashil (toʻq yashil) yumshoq qatlam.
- Toʻnini (yoki tepa toʻnini, telba toʻnini) teskari kiymoq Oʻjarlik qilmoq, qaysarlik tomoniga oʻtmoq.
Misollar
- Xosiyat buvi boʻlsa kunduziyu kechasi toʻn tikardi. — S. Zunnunova — Gulxan.
- Avaz singlisi olib kelgan paxtalik toʻnga oʻranib.. qabriston oralaydi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Qovunning toʻni. Toʻni koʻk qovun.
- Bahor keldi elimizga, Yashil toʻn kiydi dala. — I. Muslim — Sening sovgʻang.
- Shahar ichidagi baʼzi daraxtlar al-laqachon yashil toʻnini yechib, qorni kutar.. — Gazetadan. Qizlar uning [Nafisaning]
- gʻazab va iztirob toʻnida ekanini bildilar. — Sh. Gʻulomov — Yorqin ufqlar.
- Nafsilamrda ersa, oramiz juda buzilgan, men ham oʻsha vaqtlar-da chin kundoshlik toʻnini kiygan edim. A. — Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Odamlar shunday sekin qimirlar edilarki, xuddi baqa toʻni bosgan koʻlmak suvday bir joyda turganga oʻxshar edilar. — Sh. Rizo — Qor yogʻdi, izlar bosildi. Gapga toʻn kiygizmoq Gapni juda boplab, qoyilmaqom qilib gapirmoq.
- Obbo siz-ye.. Xoʻp gapga toʻn kiy-gizasiz-da.. — N. Safarov — Olovli izlar. Toʻn bichmoq Asl holat asosida yoki uni koʻrmay-bilmay xulosa qilmoq, ish qilmoq.
- Kadr-larning savlatiga, soʻzamolligiga qarab emas, ularning ishiga, isteʼdodiga qarab toʻn bichinglar. — "Mushtum".
- Kabinetdan turib toʻn bichishlariga qaraganda, Shovot, Qoʻshkoʻpir, Xonqa rayonlaridagi kitob savdosi yaxshi. — "Mushtum". Toʻn kiygizmoq Toʻn hadya qilmoq, toʻn bilan siylamoq.
- Nazarboy sovchilarni oq oʻtovga kirgizib, oldiga dasturxon yozib, ikkoviga toʻn kiygizib soʻradi.. — "Oysuluv".
- Toʻnglik qilsangiz, toʻnini teskari kiyib oladi — undan qaysari yoʻq. S. Anorboyev, Oqsoy.
- Bir qarasa, undan mehri-bon odam yoʻq, bir qarasa, tepa toʻnini teskari kiyib oladi. — S. Ahmad — Choʻl shamol-lari.
- Otasi Umurzoq Zokirov shu yilning iyun oyidayoq telba toʻnini teskari kiyib, etak qoqib, uydan chiqib ketgan. — "Mushtum".
- Toʻnini kiyib, belini mahkam tangʻib, uydan chiqdi. — S. Siyoyev — Avaz.
Kelib chiqishi
1 Oldi ochiq, paxtali yoki paxtasiz uzun ustki milliy kiyim; chopon. ◆ Kimxob toʻn. Zarvaraq toʻn. Olacha toʻn. Banoras toʻn. n Avaz
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0