Izohli lug‘at
to‘ng‘iz
тўнғиз
Ma’nolari
- Yovvoyi choʻchqa, qobon; umuman, choʻchqa.
- Tarbiya koʻrmagan, nodon yoki vijdonsiz odam haqida; shu hayvonga nis-batli haqoratni bildiradi.
- Muchal yil hisobida oʻn ikkinchi yil nomi.
Misollar
- To‘ng‘izni moshga o‘rgatma, Qo‘shnini - oshga. — Maqol
- Yer ovloq boʻlsa, toʻng‘iz tepaga chiqar. — Maqol
- Eshak - ishi bilan, toʻngʻiz - tishi bilan. — Maqol
- Uning [Tursunboyning] qamish chaylasi oldidan oʻrdaklar uchadi, yaqinginasidan toʻngʻizlar oʻtadi. — Said Ahmad — Ufq
- Qamish oʻrmonlarning bir xildagi salobatli shovullashi bilan toʻlgan jim-jitlik toʻngʻiz ovchilarining goho uzoqlarda gumburlagan miltiqlari tovushidan buziladi, xolos. — Asqad Muxtor — Qoraqalpoq qissasi
- Biznikilar: "Karam shoʻrva ichmaymiz, toʻngiz goʻshti soladi", deyishgan edi, goʻsht-yogʻni ham oʻz qoʻlimizga beradigan boʻlishdi. — Ibrohim Rahim — Chin muhabbat
- Muhtaram qayin otamizga! Siz bilan meni qorongʻi zindonlarga tushirib, dor ospiarigacha tortgan.. Homid ismli bir toʻngʻizni, nihoyat, ikki yillik sargardonlik soʻngida.. tuproqqa qorishtirishga muvaffaq boʻldim. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- -Ket, toʻngʻiz, ket, tavba qilish zamoni oʻtdi.. - der edi xalq. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- -Anavi toʻngʻizning xirillab uxlashiga havasim kelyapti, - u Gʻavvosni koʻrsatdi. — Mirmuhsin — Meʼmor
- Uning yili - toʻngʻiz.
- Hay, Shukur kampir, muchalingiz toʻngʻiz boʻlib, safar oyining oʻn birida tugʻilganmisiz, nima balo, sira el boʻlmaysiz-a? — Asqad Muxtor — Opa-singillarToʻngʻiz yili - muchal yil hisobida oʻn ikkinchi yil ( muchal).
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0