Izohli lug‘at
to‘ngmoq
тўнгмоқ
Ma’nolari
- Muzlab qotib qolmoq, muzlamoq.
- Sovuq qotmoq, sovuq yemoq, sovqotmoq.
- Quyuqlashmoq, qotmoq.
Misollar
- Daryo toʻngdi. Shoʻr toʻngmas, ahmoq oʻngmas. — Maqol. m
- Muzyorarning palubasida toʻngadigan qanaqa suyuqlik boʻlsa, hammasi toʻngib, muzga aylanadi. — P. Qodirov — Uch ildiz.
- Sovuqda qolib, juda toʻngib ketdim. m
- Normat aka Karimjonga yaqinlashib: -Oyogʻingiz toʻnggan boʻlsa kerak. Otdan tushing, bir oz tepinib, oyoqlarni epaqaga keltirib olaylik. — Yo. Shukurov — Kamolot.
- Toʻngib qoladigan yogʻ.
Kelib chiqishi
Xitoycha 冻 (凍 logogrammasining soddalashtirilgani) — dòng so’zidan olingan.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0