Izohli lug‘at
to‘piq
тўпиқ
Ma’nolari
- Boldir suyagining pastki uchidagi yon tomonga turtib chiqqan doʻmboq qismi.
- Dunyoni suv bossa, toʻpigʻiga chiqmaydi (yoki toʻpigʻidan kelmaydi) q. dunyo.
- Toʻpiq oʻyini; Toʻpiq suyagini oʻynovchilardan biriga, soʻralganda darhol koʻrsatish sharti bilan, berib oʻynaladigan pisandali oʻyin.
- Toʻpigʻini yalamoq; Xushomadgoʻylik qilmoq, oyogʻini (tovonini) yalamoq.
Misollar
- Toʻpiq suyagi.
- Loʻmbozday gʻildirak tosh dumalab borib, oʻng oyogi toʻpigʻiga qars etib urildi. — H. Nazir — Soʻnmas chaqmokdar.
- Nihoyat, bir qarorga kelganday egilib, Sherbekning etigini yechishga urindi. Befoyda. Toʻpigʻi, panjasi shishib, etikni yorib yuborguday tirsillab turardi. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- ..dalada bir koʻktoshga toyib, toʻpigʻimni chiqarib oldim. S. — Siyoyev — Yorugʻlik.
- Yoz kunlari Naymanchaning koʻchalari toʻpiqdan chang boʻlardi. — A. Muxtor — Opasingillar.
- Toʻpiq oʻynab, bitta oʻtirishga tushdim.
- Koʻrqma, jinni! Qachongacha toʻpigʻini yalaysan.. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0