Izohli lug‘at
to‘r
тўр
Ma’nolari
- I 1 Umuman, har qanday materialdan katak-katak koʻzli yoki bejamdor qilib toʻqilgan narsa; asbob, buyum va shu kabilarning shunday narsadan iborat qismi.
- Tabiiy yoki sunʼiy toladan katak-katak koʻzli yoxud bejamdor qilib toʻqilgan gazmol; tyul.
- Shunday toʻqilmadan iborat buyum.
- Shunday kataklar shaklida toʻqilgan (ishlangan), baliq yoki qush ovlash uchun ishlatiladigan buyum, asbob.
- Qoʻlga tushirish, ilintirish vo-sitasi; dom, tuzoq.
- Umuman, shunday toʻqilmaga oʻxshash, uni eslatuvchi narsa.
Misollar
- Sim toʻr. Futbol darvozasining toʻri. n Kaptar-xonani kaptarlardan xoli va [kaptarxona
- Asalarilarni parvarish qilishda, asal olishda boshga himoya toʻri kiyiladi. — "Zoologiya".
- Etakdagi sim toʻr ortida tovuqlar qaqagʻlaydi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Hamxonam karavot toʻrini gʻijirlatib, oʻrniga yotdi. Oʻ. — Usmonov — Sirli sohil.
- Nafis tur. Ip tur. Pardabop tur. Tur parda. yash -Nima haqda yozish ham juda muhim masala, — davom etdi u. — Lekin.. mana shu tyul, — deb u derazalarga tutilgan nafis gulli oppoq toʻrni koʻrsat-di. — P. Qodirov — Uch ildiz.
- Er-talab, odat boʻyicha, Nuri toʻr roʻmol yopinib, beshikdagi boladan to keksalarga qadar — hammaga salom qilar ekan. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Krra toʻr qoʻlqop kiyib, yuziga sachvonga oʻxshash toʻr tutgan shlyapali xotin uni koʻrishi bilan.. aftini burushtirdi. — S. Ahmad — Hukm.
- Zuhra begimning yuzi oq ipak toʻr ortidan aniq koʻrinmas edi. — P. Krdirov — Yulduzli tunlar.
- Bedana tuta-digan toʻr. Toʻr bilan baliq ovlamoq. m
- Pir-nafas aka qayiq, toʻr.. sanchqi sotib oldi. — J. Sharipov — Xorazm.
- Ovchi sekin-asta toʻr-ning ipini tortibdi, hamma kaptar toʻrga ilinibdi. — "Ertaklar".
- Daryoga qarmoq tash-lagan kishi ilinganini oladi-da, qaysi bir baliqchi toʻriga tushgan laqqani tashlabdi. — I. Rahim — Chin muhabbat.
- Koʻy, bolam, Oqtoshga zin-hor bormagin, Yosh bachchasan, toʻrga tushib qol-magin. — "Nurali".
- Boyvachchayana oshiq. Shahzo-da uning yana kimga toʻr tashlayotganini se-zibqolgan. — K. Yashin — Hamza.
- Toʻri taram-taram, yoqimli hidi gurkurayotgan qovunlar.. — "Saodat".
- Hozir Doʻstbek bilan Ahmad Tanbal bizni oʻrgimchak toʻriday chirmab kelurlar. — P. Krdirov — Yulduzli tunlar.
- ogʻzidagi novdadan toʻqilgan toʻrlarni bu-zilgan koʻribhayron boʻladi. — A. Qodiriy — Obid ketmon.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0