Izohli lug‘at
to‘siq
тўсиқ
Ma’nolari
- . Yoʻlni toʻsish, bekitish, ihota qilish yoki ikki joyni bir-biridan ajratish uchun yasalgan qurilma; fob, ihota.
- . Toʻsqinlik, qarshilik; toʻgʻonoq, gʻov.
- . Toʻsilgan holatli, toʻsib qoʻyilgan.
Misollar
- Chiy toʻsiq. Harbiy toʻsiq. Suv toʻsiqdan oshib oʻtdi.
- Hademay, shox-shabbalardan katta toʻsiq hosil boʻldi. — S. Ahmad — Qadrdon dalalar.
- Shiftgacha yetib bormagan faner toʻsiq orqali gaplar baralla eshitilardi. — P. Kodirov — Uch ildiz.
- Tanklar uncha-muncha toʻsiqni nazar-pisand qilmay, dahshat va ishonch bilan masofani qamrardi. — Oybek — Quyosh qoraymas.
- Toʻsiq boʻlmoq.
- Hayot nashidasi shu kurash, xavf-xatar, toʻsiqlarni yengib oʻtish, intilish borligi uchun ham qiziq, lazzatli. — S. Nurov — Narvon.
- Toʻsiq yoʻl. Hovuzning atrofi toʻsiq.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0