Izohli lug‘at
to‘smoq
тўсмоқ
Ma’nolari
- Toʻsiq qurib, gʻov solib, oʻtib boʻlmaydigan qilmoq, bekitmoq yoki ikkiga ajratmoq.
- Toʻsqinlik qilmoq, yoʻliga gʻov boʻlmoq, yoʻnalishiga toʻsiq boʻlmoq; oʻtkazmay qoʻy-moq, toʻxtatmoq.
- Yoʻlini toʻsmoq 1) yoʻl bermay toʻxtatmoq; oʻtkazmay qoʻymoq.
- Pardalab, pana qilib bekitmoq, par-dalamoq, panalamoq.
Misollar
- Daryoni toʻsmoq. Hovlini chiy bshshn toʻsib olmoq.
- Bahor qoʻl/shrini koʻtarib, kichkina nam kaftlari bilan gʻir-gʻir sha-badani toʻsdi. — Sh. Rashidov — Qudratli toʻl-qin.
- -Oʻgʻil, qanday boʻlmasin, otaning quli boʻladi, — ellikboshi boyvachchaning oldini toʻsdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Sizgaoʻx-shash dallollarga hojat yoʻq. Men sizni xoʻp sinaganman. Siz xalq boʻronini toʻsmoqchi-misiz? — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Suv yoʻlini chim bosib toʻs-dik. yat -Kerak emas, kira koʻrmang! — yoʻlni toʻsdi Huri. F. Musajonov, Huri; 2) qarshilik qilmoq, monelik koʻrsatmoq, toʻgʻonoq boʻlmoq, toʻgʻonoq solmoq.
- Biz tantanali, qizgʻin, gʻayratli, ommaviy ish bosh-lash bilan hamma igʻvolarning yoʻlini toʻsa olamiz. — A. Muxtor — Opa-singillar; 3) yoʻl-toʻsarlik qilmoq.
- Bu yerlarda meni yolgiz bil-dingmi? Yoʻl toʻsmoqchi boʻlib, chiqib kel-dingmi? — "Yodgor".
- Sahnani qizil duxoba parda toʻsdi. n
- Gʻulomjon qizning chap qu-logʻini toʻsib turgan jingalak zulfiga ti-kilib toʻxtadi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Chayla eshigini shineli bilan toʻsib.. tit-rab-qaqshab gugurt chaqdi. — Oybek — Quyosh qo-raymas.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0