Izohli lug‘at
to‘ydirmoq
тўйдирмоқ
Ma’nolari
- Toʻymoqfl. ort. n.
- Yegulik, ichgulik bilan taʼmin-lamoq; boqmoq.
Misollar
- Yerni suvga toʻydirmoq. Gʻoʻzalarni toʻydirib su-gʻormoq. Koʻpchilik bir mushtdan ursa, oʻldi-radi, bir burdadan bersa, toʻydiradi. — Maqol. m |
- Yoʻlchi:\ Ukam ishlaydi. Lekin yosh bola xoʻjayinnikida oʻz qornini toʻydirsa, bunga ham xursandman. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Uning \Musulmonqulning\ istibdodi oʻzga shaharlarda uncha sezilmasa ham, ammo markaz — Qoʻqon odamlarini juda toʻydirdi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Shu bogʻdan kelgan daromad oilamizni toʻydiradi. m
- Abdurahmon boy toʻgʻonimizni buzdi. Koʻtarmani koʻtartirib, toʻydirib turgan arigʻimizni quritdi. — N. Safarov — Koʻrgan-kechirganlarim.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0