Izohli lug‘at
to‘ziq
тўзиқ
Ma’nolari
- Har yon sochilgan, toʻzigan ho-latli, holdagi.
- Sochiq, sochilgan, boʻlingan; pa-rishon.
- Betartib yoyilgan, toʻzigan, toʻzgʻoq, paxmoq.
- Eskirgan, titilib ketgan.
Misollar
- Toʻziq xas-xushlarni supurib, bir yerga toʻplamoq. m
- Bari bir, rahbar ogʻiz-ga yaqin boʻladi. Qancha kamtar boʻlsang ham, koʻpning ogzida boʻlasan. Katta boʻldingmi, tuprogʻing toʻziq boʻladi, azizim. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli.
- Uning xayoli toʻziq.
- Qiz tol tagidan chiqib yugurgancha, oʻzini suvga otdi. Nizomjon uning orqasi-dan oppoq boldirlarini savalagan toʻziq sochlarini koʻrib qoldi. — S. Ahmad — Ufq.
- Hujraning burchagida Shoqosimning uvada choponi, toʻziq koʻrpa-yostigʻi uyilgan. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Gulnor koʻcha eshigidan hovlisiga kirarkan.. shipi, devorlari toʻziq ayvonga paranjisini otdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0