Izohli lug‘at
turg‘unlik
турғунлик
Ma’nolari
- Turgʻun holat (q. turgʻun 1, 2, 3).
- Shoʻrolar hukumati tarixida 20-asr 60-yillaridan boshlangan, iqtisodiy tushkunlik, hokimiyat tuzilmalaridagi poraxoʻrlik, maʼnaviy-axloqiy buzilish va shunga bogʻliq holda jamiyatning tanazzulga yuz tutishi bilan xarakterlanadigan davr.
Misollar
- Muvozanatning turgʻunligi. Aholining turgʻunligi. Suvning turgʻunligi. Iqtisodiy turgʻunlik.
- Shoir [Gʻ. Gʻulom] bir yoqlamalikka va turgʻunlikka qarshi.. keskin kurash olib bordi. — Sh. Rashidov — Gʻ. Gʻulom xotirasi.
- Zamon poʻk narsani tez unutdirar. Yaʼni turgʻunlikdan hayot oʻch olar. — M. Shayxzoda — Toshkentnoma.
- Bu – shaxsga sigʻinishi, turgʻunlik davrining illati. — M. Qoʻshjonov — Diydor.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0