Izohli lug‘at
tuyg‘u
туйғу
Ma’nolari
- . Tashqi taʼsirni sezish, his etish, qabul qilib olish qobiliyati; sezgi.
- . Ruhiy yoki jismoniy kechinmalar, his-tuygʻular majmui; his-tuygʻu, his-hissiyot.
Misollar
- Tuygʻu yordamida biz issiqni yoki sovuqni sezamiz.
- Quyonning tuygʻu aʼzolari terida tamomlanadigan nerv uchlaridan iborat. — "Zoologiya".
- Nafis tuygʻu. Ishonch tuygʻusi. Doʻstlik tuygʻusi. Ogʻriq tuygʻusi. Yurakni gʻash qilayotgan tuygʻu.
- Rashq, menimcha, mana shu haqoratning alami va shundan kelib chiqadigan tuygʻu. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Otasining saltanat oldida katta hurmatga ega ekani Badianing qalbiga ham fidoyilik tuygʻularini solgan edi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Oraga jimlik choʻkib, tuygʻularni soʻndirdi. — K. Yashin — Hamza.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0