Izohli lug‘at
ulug‘
улуғ
Ma’nolari
- . Kuch-qudrat, imkoniyat va sh.k. jihatdan juda katta imkoniyatlarga ega; qudratli.
- . Qadr-qiymati, ahamiyati va sh.k. jihatidan yuqori darajali; buyuk.
- . Salmogʻi, koʻlami, ahamiyati yuqori boʻlgan; muhim.
- . Oʻz qobiliyati, xizmatlari bilan buyuk ishlarni amalga oshirgan va hurmat-eʼtibor qozongan; buyuk.
- . Shunday ulugʻlikni qayd etuvchi soʻz sifatida shaxs bildiruvchi soʻzlarga qoʻshib ishlatiladi.
- . Rahbar, boshliq.
- . Ulugʻ (erkaklar va xotin-qizlar ismi).
Misollar
- Shayboniyxon markazlashgan ulugʻ bir davlat tuzishga intilar ekan.. qoʻl ostidagi odamlarning ixlos va etiqodini ham qozonishga.. alohida eʼtibor berar edi. — P. Qodirov, Yulduzli tunlar.
- Bizning jamiyatda inson qadr-qimmati har narsadan ulugʻ. — Gazetadan.
- Shoir uchun bu olamda muxlisning ehtiromidan koʻra ulugʻroq baxt yoʻq. — Gazetadan.
- Insondagi eng ulugʻ fazilatlardan biri kamtarlik va oddiylikdir. — Gazetadan.
- Saidqosim ulugʻ ishlarni amalga oshiruvchilardan boʻlgani uchun quvonardi. — "Uzbekistan qoʻriqlari".
- Biz katta ishlar ulugʻ oʻzgarishlar arafasida turibmiz. — Gazetadan.
- Qadimgi yunon mulkida oʻtgan donishmand, handasa ilmiga asos solgan, yer oʻlchashni oʻrgatgan ulugʻ olim [Yevklid]. — M. Osim — Ibn Sino qissasi.
- Ulugʻshoir haykali poyiga mehr-muhabbat va chuqur ehtirom ramzi sifatida gullar qoʻyilmoqda. — Gazetadan.
- Ulugʻamir. Ulugʻ Alisher
- Ish-qilib, xudoyi taolo ulugʻ sultonni panohida asrasin.. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Bobur suratga [Navoiy suratiga] qarab turib, oʻzicha soʻradi: Ulugʻ amir, nasib qilsa, huzuringizga borsam.. sheʼriyat tilsimini ochgʻuchi kalit berurmisiz? — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Demak, Nizomiddin bu nihoyatda xavfli toʻdaga mansub, ulugʻ hazrat joniga qasd qilganlar orasida bor.. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Ilgarilari Boʻtaboyni, ulugʻimiz, deb yuradigan kishilar uni koʻrganda, "beting qursin", deb.. oʻtib ketadigan boʻlib qolishdi. — S. Ahmad — Hukm.
- Soʻz soʻzlasa, durri gavhar sochilar. Oʻrozali yurtimizning ulugʻi.. — "Yodgor".
- Iya, iya, ulugʻ, Siz ham shu gapni aytdingizmi. — S. Ahmad — Hukm.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0