Izohli lug‘at
valine’mat
валинеъмат
Ma’nolari
- . Oʻziga qaram kishilarni moddiy jihatdan taʼminlab turuvchi, ularga neʼmat beruvchi shaxs.
- . Olihimmat, saxiy odam; xayr-saxovatli, qoʻli ochiq kishi.
Misollar
- Bu kishi [Jamolboy] mening valineʼmatim, pirim boʻladi, — jiddiy javob berdi Abdishukur. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Mulla Abdurahmon ham valineʼmati boʻlgan Anvarning rioyasini unuta yozdi. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Barakalla! Akbarali mingboshi senga kim boʻladi?! — Otaxon. Valineʼmat.. — Choʻlpon — Kecha va kunduz.
Kelib chiqishi
arab. – neʼmat egasi, boquvchi; olihimmat, saxiy
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0